Qonunchilik palatasi chiqindi xizmatlaridan qarz mavjud bo‘lganda elektr energiyasi uchun to‘lovni cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kirishdi. Deputat ikki yilda barcha kommunal xizmatlarni va qarzdorlikni birlashtiradigan yagona billing tizimi yaratilishini ma’lum qildi.
Oktabr oyidan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi iste’molchilarga chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha qarzdorlik ortidan elektr uchun to‘lovlarni cheklash to‘g‘risida ogohlantiruvchi SMS xabarlarni jo‘natishni boshladi. HET xabariga ko‘ra, bildirishnomalar yuborilayotgan bo‘lsa ham to‘lov imkoniyati cheklanmagan.
Prezident videoselektorda Ohangaron tumanining 30 gektar maydonida 17 mln dollarlik maishiy chiqindi poligoni qurilishini ma’lum qildi. Qolaversa, u resursini o‘tab bo‘lgan 24 ta chiqindi poligonini ko‘mishni buyurdi. Bundan tashqari, poligonlar tashkil etish va ularni yopishni tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurligi aytildi.
Sirdaryo viloyatining sakkizta hududida «Toza hudud» korxonasi olib chiqib ketilmagan maishiy chiqindilar uchun aholidan 1,2 so‘m asossiz daromad olgani aniqlanib, iste’molchilar bilan qayta hisob-kitob qilindi.
So‘nggi besh yil ichida elektronika chiqindilari dunyo aholisiga nisbatan uch baravarga, global YAIMga nisbatan esa 13 foizga tezroq o‘sdi. Uning beshdan biridan kamroq qismi qayta ishlanadi, qolgani esa chiqindixonalarga tashlanadi va atrof-muhitga, inson salomatligiga zarar yetkazadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting